Toşkent şahar “GAI”ga yangi boşliq tayinlandi
Podpolkovnik Ilhom Idirov Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşining keça, 25 sentyabr kuni qabul qilgan poytaxtda “Xavfsiz va ravon yöl” umummilliy dasturining 2026 yil birinçi yarim yilligidagi ijrosi hamda avtomobil yöllarida inson xavfsizligini işonçli taminlaşga doir tegişli qarorida keltirilgan.
Bildirilişiça, Içki işlar vazirligi tizimida navbatdagi kadrlar tayinlovi amalga oşirilgan. Podpolkovnik Ilhom Toxiroviç Idirov Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi xizmati (YHXXB) boşliği lavozimiga tayinlangan. Xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşining tegişli qarorida Idirov Toşkent şahar IIBB YHXB boşliği sifatida qayd etilgan.
Yangi lavozimni egallaşidan avval Idirov IIV Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Mamuriy amaliyot bölimi boşliği bölgan hamda Qaşqadaryo va Sirdaryo viloyatlari Yöl harakati xavfsizligi boşqarmalariga rahbarlik qilgan.
Malumot uçun, Ilhom Idirovgaça uşbu lavozimda Muhammad Odilov işlab kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, 2024 yilda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Rafiqjon Qöldoşeviç Jalilov öz xohişiga köra işdan ketgandi. Şundan söng, 2024 yilning may oyida polkovnik Muhammad Odilov şahar IIBB YXHB boşliği vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi. Odilov qariyb ikki yildan ortiq mazkur lavozimda faoliyat yuritgan.