USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 4 yilda bolalarning nomusiga tegiş böyiça 445 ta iş qözğatilgan – deputat

54 марта
Ўзбекистонда 4 йилда болаларнинг номусига тегиш бўйича 445 та иш қўзғатилган – депутат

Özbekistonda 4 yilda 14 yoşga tölmagan bolalarning nomusiga tegiş böyiça 445 ta iş qözğatilgani malum böldi. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yiğilişida Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi Gulruh Agzamova malum qildi.

Uning bildirişiça, 14 yoşga tölmagan şaxslarning nomusiga tegiş böyiça 2022 yilda 85 ta, 2023 yilda 108 ta, 2024 yilda 129 ta, 2025 yilda 123 ta – tört yil içida 445 ta jinoyat işi qözğatilgan. Deputat uşbu statistikani keltirib, “Adolat” SDP fraktsiyasi taşabbusi asosida kiritilgan – bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasining mazmuniga töxtalgan.

Uning bildirişiça, qonun loyihasida 14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan nomusga tegiş yoki jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib, ğayritabiiy usulda qondiriş jinoyatlari uçun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaş közda tutilmoqda.

Ikkinçidan, qonun loyihasida bolaning jinsiy erkinligiga qarşi jinoyatlarni sodir etgan şaxslar javobgarlikka tortiş muddati ötganligi sababli javobgarlikdan va jazoni ijro etiş muddati ötganligi bois jazodan ozod qilinmasligi qatiy belgilanmoqda. Bu orqali bola hayotiga tajovuz qilgan oğir qilmişlar uçun jazo muqarrarligini taminlaşga qaratilgan huquqiy kafolatlar kuçaytirilmoqda.

“Uçinçidan, bolalarni himoya qiliş faqat jinoyat sodir etilgandan keyin jazo tayinlaş bilan çeklanmaydi. Zöravonlikni oldini oliş, jabrlangan bolaning huquqlarini taminlaş va uning manfaatlarini tergov hamda sud jarayonlarida himoya qiliş ham birdek muhimdir. Şu maqsadda zöravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni söroq qiliş jarayoni videoyozuv orqali qayd etiş, jinsiy erkinlikka qarşi jinoyatlar böyiça jabrlangan bola bilan gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçini yuzlaştirişni maxsus tartib asosida ötkaziş taklif etilmoqda. Bolaga yaqin şaxslar tomonidan zöravonlik sodir etilgan holatlarda esa jinoyat işini sudga qadar yuritiş va sud muhokamasi jarayonlarida vasiylik va homiylik organi vakilining iştirokini taminlaş nazarda tutilmoqda”, deydi deputat.

Uning bildirişiça, törtinçidan, zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş mexanizmi joriy etilmoqda. Bu bolalarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda ularning moddiy imkoniyatlaridan qati nazar, malakali yuridik yordam oliş imkoniyatlarini kengaytiradi.

Beşinçidan, voyaga yetmaganga nisbatan qasddan badanga oğir va örtaça oğir şikast yetkaziş, bir guruh şaxslar tomonidan 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilişini oğirlaştiruvçi holat sifatida baholaş, şuningdek, voyaga yetmagan şaxsni ğayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uçun jazo çoralarini kuçaytiriş ham nazarda tutilmoqda.

Oltinçidan, hujjatda bolalarning xavfsizligi uçun ota-ona va talim muassasalari xodimlarining masuliyati ham alohida belgilanmoqda. Bolalarni tarbiyalaş majburiyatini bajarmaslik, şahvoniy şilqimlik qiliş va nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni buziş kabi huquqbuzarliklar uçun mamuriy jazo çoralarini kuçaytiriş, talim-tarbiya jarayonida pedagog tomonidan bolaga nisbatan zöravonlik sodir etilgan taqdirda esa mehnat şartnomasini iş beruvçi taşabbusiga köra bekor qiliş uçun huquqiy asos yaratiş ham taklif etilmoqda.

Şu bilan birga, bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik uçun javobgarlik belgilaş ham nazarda tutilgan.

“Asosiysi, zöravonlikka uçragan bola yordam söraş uçun idorama-idora yugurmasligi, öz boşidan keçirgan dahşatli voqeani qayta-qayta sözlab berişga majbur bölmasligi kerak. Aksinça, davlatning özi uning oldiga borişi kerak. Unga yordam qölini çözişi, huquqlari va xavfsizligini taminlaşi şart. Xorijiy tajriba örganiş maqsadida Daniya, Xorvatiya, Şvetsiya, Şveysariya, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston, Gruziya va Ozarbayjon davlatlarining qonunçiligi örganib çiqildi”, deydi Gulruh Agzamova.

Uning aytişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi Özbekiston Respublikasining davlat byudjetidan qöşimça mablağlar ajratilişini talab qilmaydi. Qonun loyihasi belgilangan tartibda Oliy sud, Boş prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy gvardiya, bola huquqlari böyiça vakil, Davlat xavfsizlik xizmati hamda boşqa manfaatdor idora va taşkilotlar bilan kelişilgan.

Namangandagi boğçada fojia

Avvalroq, Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan. Özbekistonda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikni keskin kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritilgan edi. 

Özbekiston Maktabgaça va maktab talimi vaziri Ezoza Karimova Namanganda qizaloqqa qilingan zöravonlik ortidan hodisaga munosabat bildirib, bolalar taqdiriga befarq, öz vazifasiga masuliyatsiz munosabatda bölgan insonlarning talim tizimida işlaşiga yöl qöyilmasligini bildirgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: