Özbekistonda bolalarga nisbatan zöravonlik uçun jazo keskin kuçaytiriladi
Özbekistonda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikni keskin kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş masalasi köpdan buyon deputatlar tomonidan keng muhokama qilinmoqda. Keça, 27 sentyabr kuni “Adolat” SDP fraktsiyasi taşabbusi bilan bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqilib, Qonunçilik palatasiga kiritilgan.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşining yiğilişida qonun loyihasini Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritiş haqida tegişli qaror qabul qilingan hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi uşbu qonun loyihasiga masul etib belgilangan.
“Adolat” SDP fraktsiyasi taşabbusi asosida kiritilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari uçun javobgarlik çoralarini keskin kuçaytirişga qaratilgan tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş közda tutilgan.
Qonun loyihasi ertaga, 29 sentyabr kuni ötkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida körib çiqiladi.
Namangandagi boğçada fojia
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi boğçada ombor mudiri 5 yaşar tarbiyalanuvçini zörlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uçqörğon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) 4-qismi va 112-moddasi (Öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda uşlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan taşqari, yşbu voqea ortidan Özbekistondagi boğçalarda xodimlarni tekşiriş boşlangandi hamda yuz bergan köngilsiz holatni atrofliça örganiş, masullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab talimi vazirligi tomonidan Işçi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgaça va maktab talimi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat böyiça tergovni Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev şaxsan nazoratga olgan.
Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yaşar qizni zörlagan ombor mudiriga maksimal oğir jazo berilişini bildirgan edi. Namangandagi 5 yaşar qizaloq bilan boğliq fojia ortidan uning oilasi boşqa şaharga köçirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari körsatilişi ham malum qilingan.