Bolalarga zöravonlik böyiça 19 ta jinoyat işi qözğatildi
18-02-2026, 20:22
186 марта

Bolalarga zöravonlik böyiça 19 ta jinoyat işi qözğatildi
Özbekistonda 2025 yilda bolalarga nisbatan zöravonlik böyiça 19 ta jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi yiğilişida Bola huquqlari böyiça vakil Surayyo Rahmonova malum qildi.Bolalar ombudsmani maruzasiga köra, 2025 yilda Bola huquqlari böyiça vakil nomiga Özbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bölmagan şaxslar, jamoat taşkilotlari va boşqa yuridik şaxslardan 1934 ta murojaat kelib tuşgan.
Hisobot yilida Bola huquqlari böyiça vakilning 35 ta şaxsiy qabulida 141 ta fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning 98 ta murojaati körib çiqilgan.
Murojaatlar tahlili va monitoring faoliyati asosida davlat organlari tomonidan bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilişiga yöl qöyilgani yuzasidan jami 36 ta tasir hujjati – 2 ta ogohlantiriş, 6 ta taqdimnoma, 25 ta xulosa va 3 ta sud hujjati ustidan protest keltiriş töğrisida iltimosnoma kiritilgan.
Murojaatlarni örganiş natijasida aniqlangan bolalarga nisbatan sodir etilgan zöravonlik holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat işi hamda 26 ta mamuriy iş qözğatilgan. Qolaversa, bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari yuzasidan 20 ta jinoyat işini qözğatişni rad qiliş haqida qaror bekor qilinib, qöşimça tergovga qadar tekşiruv olib boriş uçun yuborilgan.
Şuningdek, internet tarmoğida ötkazilgan monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlarining buzilişiga oid holatlar mutasaddi davlat organlari bilan hamkorlikda örganilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan zöravonlik yuzasidan 23 ta jinoyat va 28 ta mamuriy iş qözğatilişi taminlangan.
Maruzada keltirilişiça, ötgan davrda bolaning moddiy taminoti yuzasidan jami 403 mln 745 ming sömlik aliment qarzdorligi undirişga kömaklaşilgan. 52 nafar yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga davlat boji va boşqa tölovlarsiz ID-kartalar rasmiylaştirilişiga amaliy yordam körsatilgan.
Bundan taşqari, 20 nafar imkoniyati çeklangan bolalar tibbiy körikdan ötkazilib, ularga reabilitatsiya, psixologik-pedagogik korrektsiya xizmatlari taşkil etişda kömaklaşilgan. Xorijda ota-onasi qaramoğidan mahrum bölgan 45 nafar bola esa Özbekiston Respublikasiga qaytarilgan.
Muhokamalar davomida Bola huquqlari böyiça vakil va uning kotibiyati xodimlari yil davomida 45 ta fuqarolik, jinoyat va mamuriy işlar yuzasidan sudlarda iştirok etganiga alohida etibor qaratilgan.