Rossiyada ota-ona qaramoğisiz qolgan 6 bola Özbekistonga qaytarildi
9-02-2026, 18:17
157 марта

Rossiyada ota-ona qaramoğisiz qolgan 6 bola Özbekistonga qaytarildi
Keça, 8 fevral kuni Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar bola Özbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.Qayd etilişiça, bola huquqlari böyiça vakil özining xorijiy hamkasbi – Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmaniga yuborgan sörovida qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni Rossiyada ular turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtinça joylaştirilişida tezkor amaliy yordam söragan.
Bola huquqlari vakili söroviga köra, Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani tomonidan zaruriy kömak çoralari körsatilib, bolalar uçun barça qulay va munosib şart-şaroitlar taminlangan.
Natijada 2026 yil 8 fevral kuni keyingi guruh – 6 nafar bola (4 nafari – Moskva şahridan, 2 nafari Moskva viloyatidan) IIV masullari tomonidan Özbekistonga qaytarilgan.
Hozirda olib kelingan bolalar Toşkent şahar IIBB huquqbuzarlik profilaktikasi boşqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markaziga vaqtinça joylaştirilgan.