Botanika boğidagi daraxtlar kesilayaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Botanika boği hududida daraxtlar kesilayotgani va quriliş boşlangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Yunusobod tumani hokimligi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, uşbu hududda heç qanday daraxt kesiş işlari olib borilmayapti. Aksinça, boğ hududida aholi qulay hordiq çiqarişi uçun şaroit yaratiş hamda daraxtlar uçun zarur bölgan namgarçilikni oşiriş maqsadida maxsus loyiha asosida suniy köl taşkil etiş işlari amalga oşirilmoqda.
Loyihaga köra:
- Köl maydoni – 0,5 gektar;
- Suv hajmi – 10 000 metr kub;
- Velo hamda piyodalar sayr yölagi – 1,2 km;
- Qöşimça ekiladigan daraxtlar – 180 tupni taşkil etadi.

Hokimlik fuqarolardan asossiz xabarlarga işonmaslikni, har qanday holat böyiça rasmiy manbalarga tayanişni söramoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident aholi uçun qulay şaroitlar, şaharda salqin mikroiqlim yaratişga bu kamlik qilişini qayd etib, Toşkent şahridagi köllar sonini 12 taga yetkazişni topşirgani haqida xabar berilgan edi.