Boğot tumanida daraxtlar kesilayotgani böyiça ijtimoiy tarmoqlardagi videolar muhokamalarga sabab böldi
19-04-2026, 15:04
160 марта
Boğot tumanida daraxtlar kesilayotgani böyiça ijtimoiy tarmoqlardagi videolar muhokamalarga sabab böldiIjtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Boğot tumani, xususan, Mirişkor qişloği hududidagi yöl böyida joylaşgan daraxtlar kesilayotgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Mazkur holat jamoatçilik orasida turli savollar va xavotirlarni keltirib çiqarmoqda.
Videolarda körinişiça, yöl çetidagi bir neçta daraxtlar kesilmoqda. Biroq ayni paytda uşbu işlar nima sababdan amalga oşirilayotgani, ruxsatnoma asosida olib borilayaptimi yoki yöqmi — hozirça aniq malumotlar mavjud emas.
Malumki, daraxtlar atrof-muhit barqarorligini taminlaşda muhim örin tutadi. Ular havoni tozalaydi, kislorod işlab çiqaradi, yozning jazirama kunlarida salqinlik beradi hamda ekologik muvozanatni saqlaşga xizmat qiladi. Şu bois, ularning ommaviy ravişda kesilişi aholi orasida haqli ravişda etiroz uyğotmoqda.
Jamoatçilik orasida yana bir muhim savol örtaga taşlanmoqda: uşbu daraxtlarni kesiş örniga boşqa joyga köçirib ötqaziş imkoniyati yöqmidi? Mutaxassislar fikriga köra, ayrim holatlarda daraxtlarni maxsus texnika va agrotexnik qoidalar asosida boşqa hududga köçiriş mumkin. Biroq bu jarayon daraxtning yoşi, turi va ildiz tizimiga boğliq holda amalga oşiriladi. Katta va köp yillik daraxtlarni köçiriş esa ança murakkab va qimmat jarayon hisoblanadi hamda har doim ham muvaffaqiyatli yakunlanmasligi mumkin.Şu bilan birga, agar daraxtlar soğlom bölsa va ularni saqlab qoliş imkoniyati mavjud bölsa, ekologik nuqtai nazardan ularni kesişdan köra köçiriş yoki loyihani qayta körib çiqiş maqsadga muvofiq ekani takidlanmoqda.

Hozirça masul taşkilotlar tomonidan uşbu holat yuzasidan rasmiy izoh berilmagan. Jamoatçilik esa vaziyatni örganiş, daraxtlar kesilişining qonuniyligi va zarurati böyiça aniq malumot berilişini kutmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tegişli mutasaddi idoralar tomonidan tezkor örganiş ötkazilib, jamoatçilikka rasmiy munosabat bildirilişi maqsadga muvofiq böladi.