Yangiariq tumanida daraxtlar qöporib taşlandi: holat yuzasidan izoh kutilmoqda
29-01-2026, 14:07
306 марта
Yangiariq tumanida daraxtlar qöporib taşlandi: holat yuzasidan izoh kutilmoqdaYangiariq tumanining Gulboğ şaharçasi, Şijoat köçasida 26 yanvar kuni bir neçta arça hamda meva daraxtlari ildizi bilan qöporib taşlangani aks etgan video va fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Malumotlarga köra, daraxtlarni qöporib taşlaş işlari mahalliy hokimiyat taşabbusi bilan amalga oşirilgani haqida ayrim gap-sözlar yurilmoqda. Biroq uşbu malumot hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Mazkur holat jamoatçilik orasida bir qator savollarni keltirib çiqardi. Xususan, daraxtlarni boşqa joyga köçiriş imkoni bölgan yoki bölmagani, nega ular saqlab qolinmadi, degan masalalar muhokama qilinmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida kökalamzorlaştiriş işlari keng kölamda olib borilayotgan bir vaqtda daraxtlarni ildizi bilan qöporib taşlaş holatlari jamoatçilikda jiddiy etiroz uyğotmoqda.
Hozirgaça uşbu holat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi sohasidagi masul taşkilotlar tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagan.
Mazkur voqea yuzasidan tegişli idoralardan rasmiy izoh va huquqiy baho berilişi kutilmoqda.