Yangiariq tumanida harbiy texnikada yuzaga kelgan yonğin yuzasidan rasmiy izoh berildi
21-01-2026, 18:32
1 449 марта
Yangiariq tumanida harbiy texnikada yuzaga kelgan yonğin yuzasidan rasmiy izoh berildiAyrim ijtimoiy tarmoqlarda harbiy texnika yonib ketgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy malumot taqdim etildi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 21 yanvar kuni soat taxminan 16:00 larda Xorazm viloyati Yangiariq tumani hududida joylaşgan dala öquv maydonida Milliy gvardiyaning hududiy bölinmalari iştirokida navbatdagi taktik-öquv maşğuloti ötkazilgan.
Maşğulot yakunlanganidan söng harbiy qismga qaytib kelayotgan harbiy texnikalardan birining motor qismida elektr simlarining qisqa tutaşuvi oqibatida yonğin kelib çiqqan. Hodisa şaxsiy tarkib tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Ayni paytda uşbu harbiy texnika xizmat körsatiş punktiga joylaştirilib, tegişli texnik körik va tamirlaş işlari olib borilmoqda.
Rasmiy idoralar aholidan tasdiqlanmagan malumotlarga işonmaslikni hamda faqat rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan xabarlarga tayanişni söramoqda.