Urganç tumanida “bolgarka” sabab binoda yonğin çiqdi
18-07-2025, 18:20
1 056 марта
Urganç tumanida “bolgarka” sabab binoda yonğin çiqdi.18 iyul kuni taxminan soat 16:00 larda Urganç tumanida yonğin hodisasi sodir böldi. Mahalliy manbalarga köra, xonadonlardan birida saqlanib turgan samon yonida “bolgarka” (elektr kesiş uskunasi) bilan işlaş vaqtida ehtiyotsizlik oqibatida uçqun çiqqan.
Uçqun samonga tuşib, undan yonğin kelib çiqqan. Oqibatda samon va binolardan bir qismini yoniş holati yuz bergan.
Yonğin tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoki halok bölganlar haqida malumot yöq.
Hozirda voqea yuzasidan tegişli idoralar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Mutasaddilar aholini elektr uskunalaridan foydalanişda yuqori ehtiyotkorlikka amal qilişga çaqiradi.