Şavkat Mirziyoyev talim sohasiga oid körgazma bilan tanişdi
Bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Özbekiston” universitetiga taşrif buyurib, talim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bağişlangan körgazma bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, davlat rahbari dastlab Özbekistonda talimning uzviyligini taminlaş borasidagi işlar, erişilgan natijalar va kelgusi rejalar taqdimotini közdan keçirgan. “Maktabgaça talim”, “Maktab talimi”, “Iqtidorli maktab öquvçilari”, “Professional talim” va “Oliy talim” pavilonlarida bolaning ilk yoşidan kasb egallaşiga qadar bölgan talim bosqiçlaridagi islohotlar namoyiş etilgan.

Mamlakat yetakçisi universitetning öquv va ilmiy infratuzilmasi bilan tanişgan. “Kelajak muhandislari” maydoni, “Bloomberg” laboratoriyasi, fizika öquv laboratoriyasi, muhandislik fanlari öquv zali va Apple Training Center öquv markazida talabalar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida axborot berilgan.

Şuningdek, Idrock suniy intellekt klasteri, biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi, materialşunoslik, lazer va nanotexnologiyalar hamda ADM maşinasozlik laboratoriyalarining faoliyati namoyiş etilgan. Bu maydonlar talabalarning nazariy bilimini amaliy maşğulotlar, tadqiqot va loyihalar bilan boğlaşga xizmat qiladi.

Davlat rahbari universitetning professor-öqituvçilari va talabalari, xalqaro talim dasturlarini joriy etiş böyiça xorijlik hamkorlari bilan suhbatlaşgan.



Taşrif davomida Prezident mamlakatning faol va taşabbuskor öqituvçi hamda murabbiylari bilan esdalik uçun suratga tuşgan.