Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan yuqori maoş olmoqda – Prezident
Hozirgi kundan Özbekistonda 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maoş olmoqda. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va murabbiylar bilan uçraşuvda malum qildi.
Qayd etilişiça, muallimning qadri va obrösini yuksaltiriş natijasida sohaga köplab malakali pedagoglar kirib kelgan. Xalqaro va milliy sertifikatga ega öqituvçilar soni beş yilda 29 mingdan 143 mingga oşgan, maktablarda öqituvçi yetişmasligi uç barobar kamaygan. PISA tahlilida bu körsatkiç Özbekistonda 8 foiz, örganilgan 91 davlatda örtaça 40 foiz ekani keltirilgan.
Hozir 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maoş olmoqda. Zamonaviy metodikani joriy qilayotgan, olimpiada ğoliblarini tayyorlayotgan ustozlarning mehnati rağbatlantirilmoqda.
Yangi formatda ötkazilgan “Yil öqituvçisi” tanlovining 208 nafar tuman va şahar ğolibiga ilk bor 616 million sömdan mukofot berildi. Prezident bunday etirof yanada köproq muallimlarni yuksak marralarga intilişga undaşini takidlagan.
Kelasi yildan tanlovni 14 ta hududdagi boğça tarbiyaçilari va texnikum ustalari örtasida ham ötkaziş, ularni mukofotlaş taklif qilingan.