Maktablarda 60 ming öqituvçi 8-12 million söm maoş olayapti — Prezident
15-05-2025, 14:24
201 марта
Maktablarda 60 ming öqituvçi 8-12 million söm maoş olayapti — PrezidentOxirgi 7 yilda maktabgaça va maktab talimi uçun mablağ 7 karra oşirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion söm yönaltirilayotgani takidlandi.
Maktablarda 1 millionga yaqin, boğçalarda 1,5 million yangi örinlar yaratildi. Boğça bilan qamrov 3 karra oşib, 78 foizga yetdi.
Malaka, til biliş, yangi baholaş tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida öqituvçilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming öqituvçi hozirda 8-12 million söm maoş olayapti.
Boğça tarbiyaçilari oyligi 65 foizga oşib, maktab öqituvçilari maoşiga tenglaşdi. Yangi öquv yilidan maktab direktorlari, örinbosarlari va boğça mudiralarining iş haqi 7-10 million sömdan oşadi.