Qoraqalpoğistondan Xorazmga keladigan yöl sifati yomonligi bois yiliga 300-400 ming turist yöqotilayotgani qayd etildi.
2-05-2025, 12:47
406 марта

Masullarga “Urganç – Gurlan – Manğit” yölini rekonstruktsiya qiliş böyiça Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan muzokara ötkaziş, 10 ta tumanni özaro boğlovçi içki yöllarni tamirlaş uçun Osiyo infratuzilma va investitsiya bankidan 75 million dollar jalb qiliş topşirildi.
Xorazmning 13 ta tuman va şahar hokimlarining birinçi örinbosarlari turizm va servis böyiça ilğor tajribani, muhitni örganiş uçun Ispaniya, Italiya, Frantsiya kabi davlatlarga yuborilişi belgilandi.
Keyinçalik bu tizim barça turizmga ixtisoslaşgan hududlarda joriy qilinadi.
Umuman, joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyihani işga tuşiriş; 2 million xorijiy va 10 million mahalliy sayyohni jalb qilib, turizm eksportini 700 million dollardan oşiriş; turizm va xizmatlar sohasida 100 mingta yangi iş örni yaratiş mutasaddilarning asosiy vazifasi bölişi belgilandi.