Qirğizistondagi zilzila Özbekistonga ham sezildi
Bugun, 1 oktyabr kuni Qirğizistonning Jalolobod viloyatida zilzila sodir böldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yer qimirlaşi soat 13:17 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 4,3, çuqurligi 10 kilometrni taşkil etgan.
Zilzila epitsentri Toşkentdan 333 kilometr şimoliy-şarqda, Qirğizistonning Jalolobod viloyatida joylaşgan. Uning koordinatalari 41,39 daraja şimoliy kenglik va 73,2 daraja şarqiy uzunlikni taşkil etgan.
Zilzila Özbekiston hududining ayrim hududlarida 2 ball kuç bilan sezilgan.
Xususan:
- Xonobod tumanida – 2 ball, 68 km;
- Qörğontepa tumanida – 2 ball, 75 km;
- Paxtaobod tumanida – 2 ball, 80 km;
- Jalaquduq tumanida – 2 ball, 88 km.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni Qirğizistonda zilzila sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.