Endi Özbekistonda noqonuniy jang taşkil qilganlar jinoiy jazoga tortiladi
Özbekistonda jangovar sport turlari böyiça sport musobaqalarini qonunga xilof ravişda taşkil etiş yoki ötkaziş uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda bugun, 2 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida körib çiqilgan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uyuşgan jinoyatçilik va jamoat tartibiga qarşi jinoyatlar uçun javobgarlikni yanada kuçaytirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda söz boradi.
Qayd etilişiça, Özbekistonda jinoyat sodir etiş usullarining özgarib borişi, uyuşgan jinoyatçilikning yangi şakllari paydo bölişi javobgarlik çoralarini zamonaviy tahdidlarga mos ravişda takomillaştirişni taqozo etmoqda.
Qonun bilan uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişning huquqiy mexanizmlarini kuçaytirişga qaratilgan qator muhim özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jumladan, Jinoyat kodeksi jinoiy uyuşma faoliyatini moliyalaştirganlik uçun javobgarlikni nazarda tutuvçi yangi norma bilan töldirilmoqda. Şuningdek, jinoiy uyuşma taşkil etilişi yoki uning tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yaşirişga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiistemol qiliş orqali homiylik qilganlik uçun ham alohida javobgarlik belgilanmoqda.
Bundan taşqari, uyuşgan guruh tomonidan sodir etilgan bezorilik uçun javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda. Jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoşga tölgan şaxslarning uyuşgan guruh tarkibida bezorilik sodir etganligi uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun bilan bezorilik oqibatida qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, şuningdek, jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan oğir şikast yetkaziş uçun javobgarlikni kuçaytiriş ham nazarda tutilmoqda.
Yana bir muhim yangilik. Jangovar sport turlari böyiça sport musobaqalarini qonunga xilof ravişda taşkil etiş yoki ötkaziş uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. Bunday musobaqalarda iştirok etganlik uçun esa Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda alohida javobgarlik çorasi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, mazkur jinoyatlar böyiça dastlabki tergovni qaysi organlar amalga oşirişiga oid protsessual normalar ham aniqlaştirilmoqda.
Bildirilişiça, senatorlar öz çiqişlarida qonunning jinoiy uyuşmalarning moliyaviy manbalarini çeklaş, uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş, yoşlarni jinoiy muhit tasiridan himoya qiliş va oğir oqibatlarga olib keluvçi zöravonlik jinoyatlarining oldini olişdagi ahamiyatini takidlagan.
Muhokama yakunida senatorlar qonunni maqullagan.