Google stolda vertikal turadigan noodatiy klaviaturani taqdim qildi
Google’ning Yaponiyadagi bölimi muhandislari mexanik klaviaturani yangiça talqin qilib, uni konveyer tasmasi bilan jihozladi. Bu haqda “Gagadget” xabar berdi.
Qayd etilişiça, gadjetning töliq nomi “Gboard Rotating Version” bölib, u tugmalari konveyer tasmalarida joylaşgan klaviaturadir. Uşbu tasmalarning aylanuvçi mexanizmi tugmalarni foydalanuvçining barmoqlari tomon surib keladi. Işlab çiquvçilarning sözlariga köra, işlanmaning qulayligi şundaki, barça belgilarni ikkita emas, balki bir qöl bilan kiritiş mumkin.
“Gboard Rotating Version”da törtta konveyer tasmasi joylaşgan bölib, ularning har biriga 29 tadan tugma joylaştirilgan. Töğridan töğri ham boş, ham kiçik harflarni kiritiş mumkin. Boşqariş mexanikasi “intuitiv tuşunarli” deb atalmoqda.
Hozirda Google klaviaturaning rangli variantlarini, yuqori tezlikdagi rejim optsiyasini, şuningdek, “Gboard Rotating Version”ning uzaytirilgan va qisqartirilgan variantlarini işlab çiqiş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Qayd etiş joiz, uşbu gadjetning savdodagi versiyasi mavjud emas. Biroq foydalanuvçilar şunga öxşaş klaviaturani mustaqil ravişda yiğişlari uçun analog qurilmaning çizmalari oçiq foydalanişga joylaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq internetda hali rasman taqdim etilmagan Nokia 300 4G Power Bank tugmaçali telefonining texnik xususiyatlari paydo bölgandi. Uşbu qurilma oddiy mobil telefon va taşqi akkumulyator funktsiyalarini özida birlaştiradi.