Google eng ommabop emojini elon qildi
Yiğlayotgan yuz körinişidagi emoji 2025 yilda dunyodagi eng ommabop emojiga aylandi. Bu haqda Google malumotlariga tayanib, “The New York Times” naşri xabar berdi.
Qayd etilişiça, statistika Android-smartfonlar uçun möljallangan Gboard klaviaturasi orqali yuborilgan 665 millionta emojining anonim tanlanmasi asosida töplangan.
Top-3 talikka yiğlayotgan emojilarning uçta turi kirgan. Birinçi örinni köz yoşlari “şaloladek” oqayotgan yuz tasviri egallagan. Barça emojilarning 6 foizdan ortiği uşbu emoji hissasiga töğri keladi.

Keyingi örinda kulgidan yiğlayotgan va yon tomonga egilgan yuz emojisi bormoqda. Kuçli kulgidan közidan yoş çiqayotgan klassik yuz tasviri esa kuçlik uçlikni yakunlab beradi.
Mutaxassislar, şuningdek, Reddit saytining ösmirlarga bağişlangan r/teenagers sabredditidagi emojilar ommabopligini ham tahlil qilgan. 2021 yilning oxiriga kelib, yiğlayotgan emoji peşqadamlikni boş suyagi tasviriga boy bergan. Yoşlar undan “kulaverib öldim” manosida foydalanadi. Biroq ikki yil ötib, uning işlatilişi keskin kamaygan.

“Bazi yoşlar umuman emojilardan voz keçmoqda – buning örniga ular stikerlardan foydalanişmoqda. Stikerlar fotosuratlar yoki faqat muayyan muloqot doirasidagilarga tuşunarli bölgan mem va hazillar asosida şaxsiylaştirilgan tasvirlarni yaratişga imkon beradi. Agar emojilar umumiy vizual tilga aylangan bölsa, stikerlar buning aksini – faqat oila azolari yoki yaqin döstlargagina tuşunarli bölgan içki hazillar tilini taklif etmoqda”, deb qayd etadi “The New York Times”.
Eslatib ötamiz, avvalroq xalqaro hakamlar hayati ilk bor dunyodagi eng gözal sözni tanlagandi. Bu Yangi Zelandiyaning tub aholisi bölmiş maori xalqi tilidagi “kaytiakitanga” (kaitiakitanga) sözi bölib, u özbek va boşqa köplab tillarda aniq muqobilga ega emas.