Endi Google Play Market'dan boşqa manbalardan ilova örnatiş qiyinlaşadi
Google Android operatsion tizimida rasmiy Google Play Store’dan taşqari manbalardan mobil ilovalar örnatiş tartibini jiddiy ravişda kuçaytirmoqçi. Bu haqda 18 avgust kuni “Android Authority” xabar berdi.
Malum qilinişiça, yangi tartibda foydalanuvçi rasmiy dökondan taşqari manbadan yuklangan ilovani işga tuşirişdan oldin qurilmani qayta yuklaşi va 24 soat kutişiga töğri keladi. Bunday mexanizm zararli dasturlarni ijtimoiy muhandislik usullari orqali tarqatayotgan firibgarlarning foydalanuvçilarni şoşilinç qaror qabul qilişga undaşining oldini olişga qaratilgan.
Google bu çorani bank malumotlarini öğirlaş bilan boğliq kiberjinoyatlar köpayib borayotgani bilan izohlamoqda. “Habr” portali ekspertlariga köra, Android qurilmalarida zararlaniş holatlarining 70 foizdan ortiği messenjerlar yoki şubhali saytlar orqali yuklanadigan taşqi APK fayllari bilan boğliq.
Qayd etilişiça, 24 soatlik texnik tanaffus foydalanuvçiga ilovani örnatiş bilan boğliq xavflarni qayta baholaş imkonini beradi. Şu bilan birga, Google Play Protect himoya tizimi yuklangan faylni qöşimça ravişda fon rejimida tekşirişi mumkin.
Yangi qoidalar firibgarlik dasturlarining tarqalişini çeklaşi kutilmoqda, biroq rasmiy dökonlardan taşqarida korporativ dasturlarni tarqatadigan mahalliy işlab çiquvçilar uçun vaqtinçalik noqulayliklar keltirib çiqarişi mumkin. Mutaxassislar kompaniyalarga dasturlarni rasmiy dökonlarga joylaştiriş yoki tasdiqlangan korporativ profillardan foydalanişni tavsiya qilgan.
Statcounter global statistika malumotlariga köra, Özbekistonda Android mobil qurilmalar bozorining 80 foizdan ortiğini egallaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Android foydalanuvçilari yangi josus dastur hujumidan ogohlantirilgandi.