Diqqat! Toşkentda çang-tözon kötarilişi kutilmoqda
Bugun, 4 oktyabr kuni yomğirdan oldin Toşkent şahrida qisqa muddatli çang-tözonlar kuzatilişi mumkin. Bu haqda poytaxtda ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça tuzilgan Maxsus komissiya ogohlantiriş bilan çiqdi.
Global ob-havo modellari hamda Özgidromet prognozlariga köra, bugun, 4 oktyabr kuni Toşkent şahri hududida nam havo massalari kirib kelişi oldidan qisqa muddatli çang-tözon hodisalari kuzatilişi mumkin. Prognozlarga köra, şamol tezligi 3–8 m/soniyagaça, ayrim hududlarda esa 10–14 m/soniyagaça kuçayişi ehtimoli mavjud. Kuçaygan şamol tasirida ayrim joylarda çang-tözonlar yuzaga kelişi mumkin.
Uşbu jarayonlar natijasida atmosfera havosida çang zarraçalari miqdori, ayniqsa, PM10 kontsentratsiyasi qisqa muddatga ortişi kuzatiladi. Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq dam oliş kunlari Özbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bölişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30 daraja, bazi joylarda 32 darajagaça, keçalari 13-18 daraja böladi.