USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi va davlat idoralari Yangi Qarşiga köçiriladi

98 марта
Қашқадарё вилояти ҳокимлиги ва давлат идоралари Янги Қаршига кўчирилади

Qaşqadaryo viloyati hokimligi va davlat idoralari qurilişi rejalaştirilayotgan Yangi Qarşi şahriga köçiriladi. Bu haqda bugun, 22 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan Yangi Qarşi şahrini barpo qiliş hamda Qarşi magistral kanali böyida turizm majmuasini taşkil etiş loyihalarida keltirilgan.

Qayd etilişiça, yangi şahar uçun Samarqand  – Ğuzor yönalişidagi A-378 hamda Şahrisabzga olib boruvçi 4R-79 avtomobil yöllari oraliğidagi 5200 gektar maydon tanlangan. Bu hudud past bonitetli, foydalanilmayotgan çöl va yaylov yerlaridan iborat. Dastlabki boş reja 500 ming aholiga möljallangan.

Davlat rahbari şaharni istiqbolda 1 million aholi yaşaydigan, Qarşiga zamonaviy muqobil böladigan yirik markaz sifatida rejalaştiriş zarurligini takidlagan.

Yangi şaharga viloyat hokimligi va boşqa davlat idoralarini köçiriş közda tutilgan. U yerda kongress-xoll, kontsert zallari va mehmonxonalar barpo etilib, Samarqand va Buxorodagi kabi yirik xalqaro forumlarni qabul qila oladigan turizm markazi şakllantiriladi.

Transport tarmoği şaharning boşqa hududlar bilan qulay boğlanişini taminlaşi kerak. Prezident aeroport va temir yöl vokzalini yangi şahar bilan tutaştiradigan elektr jamoat transporti, kerak bölsa, yerusti metro qatnovini yölga qöyiş kerakligini körsatib ötgan.

Taqdimotda Qarşi magistral kanali böyidagi turizm majmuasi loyihasi ham körib çiqilgan. Uning doirasida uç kilometrlik sayilgoh taşkil etiş uçun 235 gektar yer ajratilgan. Loyiha tört bosqiçda amalga oşirilib, dastlab 30 gektarda hunarmandlar şaharçasi va turizm hududi barpo etiladi.

Majmuada mehmonxonalar, restoran va dökonlar, muzey, akvapark, bolalar öyin maydonçalari hamda qayiqlar suzişi uçun suniy köl qurilişi rejalaştirilgan.

Prezident yangi şahar va turizm majmuasining boş rejalarini nufuzli xorijiy loyihalaş va arxitektura kompaniyalarini jalb qilgan holda puxta işlab çiqiş, bunda xavfsizlik, qulaylik, hamyonboplik va “aqlli” şahar tamoyillariga tayanişga topşiriq bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: