Hormuz yaqinida tankerdan neft tökilişi sababli BAAdagi plyajlar yopildi
Birlaşgan Arab Amirliklari rasmiylari tankerdan neft sizib çiqişi sababli plyajlarni taşrif buyuruvçilar uçun majburiy ravişda yopmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Naşrning xabar qilişiça, Hormuz böğozi yaqinida hujumga uçragan Gem No.2 tankeridan oqib çiqqan neft BAA qirğoqlari böylab tarqala boşlagan. Bu bazi plyajlar va qirğoqböyi hududlarining yopilişiga olib kelgan.
Qayd etilişiça, kema bilan boğliq hodisa joriy yil 9 oktyabrdan 10 oktyabrga ötar keçasi yuz bergan. Suniy yöldoş tasvirlariga köra, öşa vaqtdan beri neft doği tanker şikastlangan joydan 35 km dan ortiq masofaga tarqalgan.
Keça, 23 oktyabr kuni BAA rasmiylari hodisa oqibatlari Umm-al-Qayvayn şahri yaqinidagi plyajlarga tasir qilganini xabar qilgan.
BAA Iqlim özgarişi va atrof-huhit vazirligi neftning atrof-huhitga tasirini çeklaş uçun “sizib çiqişni jilovlaşga zudlik bilan kirişganini” malum qilgan.
Şarja dengiz ilmiy-tadqiqot markazi direktori Stiv Uiddikomb naşrga bergan intervyusida atrof-huhitga yetkaziladigan tasir “muqarrar” ekanini aytgan. Biroq bugungi kunda yetkazilgan zarar kölamini baholaşga hali erta.
Eslatib ötamiz, avvalroq Hormuz böğozida bir keçaning özida yettita neft tankeri hujumga uçragani yoki dengiz minalariga duç kelişi oqibatida şikastlangani haqida xabar berilgan edi.