USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲ USD: 11,919 söm ▲ EUR: 13,284 söm ▲ RUB: 148 söm ▲ GBP: 15,876 söm ▲ CNY: 1,788 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,245 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyaning arzon aviakompaniyasi Özbekistonga parvozlarni yölga qöyadi

62 марта
Туркиянинг арзон авиакомпанияси Ўзбекистонга парвозларни йўлга қўяди

Turkiyaning Pegasus Airlines loukoster (arzon) aviakompaniyasi Özbekistonning Andijon, Buxoro va Termiz şaharlariga muntazam qatnovlarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya saytidagi malumotlardan köriş mumkin.

Kompaniyaning rasmiy saytida Özbekistonning Andijon, Buxoro va Termiz şaharlariga çiptalar xarid qiliş imkoniyati oçilgan. Xususan, Istanbul–Buxoro yönalişidagi dastlabki reys 14 dekabrga, Istanbul–Andijon reysi 18 dekabrga, Istanbul–Termiz qatnovi esa 2027 yil 1 martga belgilangan. 

Malumotlarga köra, parvozlar Istanbulning Sabiha Gökçen aeroportidan amalga oşiriladi. Çipta narxi esa bir tomonga 87 yevro (hozirgi kurs böyiça taxminan 1 mln 165 ming söm) etib belgilangan.

Fuqaro aviatsiyasi agentligi reyestrida keltirilişiça, Pegasus Airlines joriy yilning 6 oktyabr kuni Özbekistonda yölovçi taşiş uçun 58-K-sonli ekspluatatsion ruxsatnomani olgan.

Malumot uçun, Pegasus Airlines – Turkiyaning eng yirik arzon aviakompaniyalaridan biri bölib, boş qarorgohi Istanbul şahrida joylaşgan. 1990 yilda taşkil etilgan uşbu aviakompaniya 2005 yilda “ESAS Holding” tarkibiga ötgaç, arzon narxlarda parvozlarni amalga oşiriş modeliga töliq ötgan. Kompaniya özining asosiy xabi sifatida Istanbuldagi Sabiha Gökçen xalqaro aeroportidan foydalanadi va Yevropa, Yaqin Şarq hamda Osiyo böylab 130 dan ortiq yönalişlarda muntazam va çarter reyslarini amalga oşiradi. Pegasus Airlines Airbus A320neo va A321neo havo kemalaridan iborat samolyotlar parkiga ega.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: