Bayram kunlari Xorazmga qöşimça transport qatnovlari yölga qöyildi
20-03-2026, 11:06
206 марта
Bayram kunlari Xorazmga qöşimça transport qatnovlari yölga qöyildiRamazon hayiti va Navröz bayramlari munosabati bilan respublika böylab qöşimça poyezd va samolyot qatnovlari taşkil etildi. Bu esa bayram kunlari sayohat qiluvçi va uyiga qaytuvçi yölovçilar uçun qulaylik yaratadi.
Xususan, Toşkent — Samarqand — Toşkent yönalişida 19–21 mart kunlari 6 ta qöşimça “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi.
Şuningdek, Toşkent — Buxoro — Toşkent yönalişida 19, 20, 21, 22, 23 va 25 mart kunlari qöşimça poyezdlar yölga qöyiladi. Boşqa poyezdlarga esa yölovçilar oqimi ortişi sabab 4 tadan qöşimça vagon ulanmoqda.
Aviaqatnovlar böyiça ham qöşimça imkoniyatlar yaratilgan. Uzbekistan Airways, Silk Avia va Centrum Air aviakompaniyalari tomonidan Toşkentdan Urganç, Nukus, Buxoro va Termiz şaharlariga jami 24 ta qöşimça reys taşkil etilmoqda.Ayrim reyslar yölovçilar soni köpligi sabab yirik Boeing-763 samolyotlarida amalga oşiriladi.
Bu esa bayram kunlari Xorazmga kelayotgan va Toşkentga yöl olayotgan yölovçilar uçun yanada qulay transport imkoniyatlarini yaratadi.