Safe Road’dan malumotlar sizdirilgani aytilmoqda. Kompaniya bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Safe Road ilovasi foydalanuvçilarining şaxsiy malumotlari tarqalib ketgani va Telegram’dagi OSINT botlarida sotuvga çiqarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya esa bu iddaolarga javoban rasmiy munosabat bildirib, malumotlar tarqalib ketganini rad etdi.
Tarqalgan xabarlarga köra, xakerlar yoki anonim botlar bazasida fuqarolarning ID-karta malumotlari, jarima tölovlari uçun boğlangan bank kartalari va ilovadan foydalanilgan qurilmalar haqidagi malumotlar borligi aytilgan.
Biroq kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu xabarlarni haqiqatga töğri kelmasligini bildirgan.
“Tarmoqda sotilayotgani aytilgan malumotlar ilova işga tuşirilişidan ança oldin mavjud bölgan turli manbalardan yiğilgan eski malumotlar bölib, ularning kompaniyamizga mutlaqo aloqasi yöq. Hozirda botlar orqali tarqatilayotgan rasmlar va malumotlar asossiz tuhmatdan iborat”, deyiladi bayonotda.
Kompaniya, şuningdek, 1 sentyabrdan etiboran Safe Road brendi Safe Service nomi ostida faoliyat yuritayotganini eslatgan. Bayonotda avvalgi brend nomi va logotipidan foydalanib tarqatilayotgan xabarlar yolğon ekaniga ham urğu berilgan.
Qayd etilişiça, haydovçilarning şaxsiy malumotlari Özbekiston qonunçiligi talablariga muvofiq maxsus himoyalangan serverlarda saqlanadi. Ularni uzatiş jarayonida esa şifrlaş usuli qöllanadi.
Kompaniya bunday xabarlarning tarqatilişini bozorda nosoğlom raqobat muhitini yuzaga keltirişga qaratilgan harakat, deb baholagan.
Hozirda mazkur holat böyiça noqonuniy harakatlar manbasini aniqlaş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş maqsadida tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.