USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Anqarada özbekistonliklar bilan suhbatlaşdi

16 марта
Шавкат Мирзиёев Анқарада ўзбекистонликлар билан суҳбатлашди

Bugun, 29 oktyabr kuni amaliy taşrif bilan Anqara şahriga borgan Prezident Şavkat Mirziyoyevni Turkiyadagi özbekistonliklar samimiy kutib oldi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari özbekistonliklar bilan suhbatlaşib, ularning hayoti, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqqan. 

“Yana bir bor vatandoşlarimni körib turganimdan xursandman. Qayerda bölmanglar, bir daqiqa ham vaqtingizni behuda ötkazmanglar. Doimo ilmga, bilim olişga, örganişga intilinglar. Bu jonajon Vatanimiz, buyuk Özbekistonimiz kelajagiga qöşadigan hissangiz böladi”, deydi Prezident.

Muloqotda yoşlarga qaratilayotgan etibor mamlakatning uzoq istiqboli bilan boğliq ekani takidlangan. Davlat rahbari uluğ ajdodlarning ilmiy merosi va qadriyatlari tiklanayotganiga töxtalib, ularning Yangi Özbekiston taraqqiyotiga kömakdoş bölişiga işonç bildirgan.

“Men vatandoşlarimizni doimo soğinib, eslab yuraman. Sizlarning yaxşi yaşaşingiz, Vatanga qaytib, uning ravnaqiga munosib hissa qöşa olişingiz uçun Özbekistonda barça şaroitlarni yaratişga harakat qilyapmiz. Ilm oliş, bilim egallaş, uy-joyli böliş uçun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz”, deydi Prezident Şavkat Mirziyoyev va özbekistonliklarga muvaffaqiyatlar tilagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning taklifiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy taşrif bilan Anqara şahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Şu kunlarda Özbekiston yetakçisi Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammiti tadbirlarida iştirok etadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: