Özbekiston Prezidentini qutlayotgan Seul (fotoreportaj)
Bugun, 13 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birgalikda rasmiy davlat taşrifi bilan Koreya Respublikasi poytaxti Seul şahriga bordi. U yerda davlat rahbarini Janubiy Koreya rasmiylari tantanali kutib oldi.
Xususan, Janubiy Koreya Harbiy-havo kuçlarining Seuldagi aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. Davlat rahbari şarafiga faxriy qorovul saf tortgan, artilleriya töplaridan salyut berildi.

Şu bilan birga, davlat rahbari hozir bölib turgan Seul şahri ham Özbekiston prezidentini gözal tarzda kutib olgandek körinişga kirdi.

Jumladan, şaharning markazida joylaşgan favvorali monumentida Özbekiston ramzlari aks etdi.

Şuningdek, butun Seul şahrida joylaşgan mamlakat teleminorasi ham Özbekiston bayroği ranglarida yoritildi.

Bundan taşqari, tungi şahar köçalarida ikki mamlakat bayroqlarining yöllar böylab ilinganini ham Özbekiston xalqi va rasmiy taşrif bilan Janubiy Koreyada bölib turgan davlat rahbariga nisbatan çuqur hurmat belgisi deyiş mumkin.

Malumot uçun, uç kunlik taşrif doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar, Milliy Assambleya Spikeri Ço Çjon Şik, Boş vazir Xan Son Suk, Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari hamda uşbu mamlakatda istiqomat qilayotgan özbekistonliklar bilan uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, davlat rahbari Özbekiston – Koreya biznes forumining oçilişida nutq sözlaydi. Şuningdek, 16 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida iştirok etadi.
Eslatib ötamiz, Seul şahriga borgan Prezident Şavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar kutib olgan hamda davlat rahbari özbekistonliklar bilan suhbatlaşib, ularning faoliyati, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqqandi.