Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Anqaradagi madaniy tadbirda qatnaşdi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Turkiy davlatlar taşkilotiga (TDT) azo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari va ularning rafiqalari iştirokidagi Anqara sammiti doirasida taşkil etilgan madaniy dasturda qatnaşdi. Bu haqda davlat yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, yetakçilar Anqara şahridagi “Beştepa” majmuasida Turkiy davlatlar tsivilizatsiyasi boğini oçgan. Boğda taşkil etilgan turkiy davlatlar pavilonlarida ananaviy ötovlar va xalq amaliy sanati namunalari namoyiş etilgan. Ular turkiy xalqlarning boy tarixiy-madaniy va memoriy merosi, ilm-fan va marifat sohasidagi yutuqlari, öziga xos ananalari hamda bugungi taraqqiyotini aks ettiradi.
.jpg)
.jpg)
Şuningdek, davlat rahbarlari turkiy xalqlarning yozma yodgorligi hisoblangan qadimgi Örxun bitiklarining nusxasi bilan tanişgan. Bundan taşqari, milliy öyinlar, kamonçilar va tarixiy liboslardagi jangçilarning çiqişlari namoyiş etilgan. Şundan söng yetakçilar eman köçatlarini ekkan.
.jpg)
Bunday taşabbuslar tarixiy xotira va madaniy merosni asrab-avaylaş, avlodlar örtasidagi uzviylikni taminlaş, şuningdek, umumiy manaviy qadriyatlar va ananalarga ega xalqlar örtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlaşda muhim örin tutişi takidlangan.
.jpg)
Şundan söng yetakçilar “Malazgirt” markaziga taşrif buyurgan. Markaz nomi turkiy xalqlar tarixida muhim ahamiyatga ega bölgan 1071 yil 26 avgustdagi Malazgirt jangiga işora qiladi.
.jpg)
Oliy martabali mehmonlarga çavandozlar, akrobatlar va kaskadyorlar, şuningdek, TDTga azo mamlakatlardan keltirilgan otlar iştirokida epik tomoşa namoyiş etilgan.
.jpg)
Eslatib ötamiz, avvalroq Anqara şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazgan edi. Şuningdek, Anqaradagi Prezident majmuasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning uçraşuvidan söng ikki mamlakat örtasidagi bitimlarni imzolaş marosimi bölib ötgandi.