Turkiy dunyo rahbarlari birinçi marta Yevropada töplandi
21-05-2025, 16:26
151 марта
Bugun, 21 may kuni Budapeşt şahrida Turkiy Davlatlar Taşkilotiga azo davlatlar Prezidentlari va hukumat rahbarlarining norasmiy sammiti bölib ötdi. Sammitga Vengriya Boş vaziri Viktor Orban mezbonlik qildi. Uçraşuvda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va TDT Boş kotibi Kubaniçbek Ömuraliyev iştirok etdi. Yiğinda taşkilotda kuzatuvçi maqomiga ega bölgan yana ikki davlat – Turkmaniston va Şimoliy Kipr Turk Respublikasidan rasmiylar iştirok etmadi.
“Şarq va Ğarbning uçraşiş nuqtasi” mavzusida taşkil etilgan norasmiy sammit davlat rahbarlariga özlarining ustuvor yönalişlari böyiça hamkorlikni mustahkamlaş, umumiy mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almaşiş uçun muhim imkoniyat yaratdi.
Davlat rahbarlari kengaşi tomonidan quyidagi hujjatlar imzolandi va qabul qilindi:
• Turkiy davlatlar taşkiloti norasmiy sammitining Budapeşt deklaratsiyasi;
• “Özbekiston Respublikasining Turk madaniyati va merosi jamğarmasidagi iştiroki töğrisida”gi qaror;
• TDT Boş kotibining vakolat muddatini uzaytiriş töğrisidagi qaror;
• Davlat rahbarlari kengaşining Afğoniston böyiça bayonoti.
Taşqi işlar vazirlari kengaşi tomonidan quyidagi hujjatlar imzolandi va qabul qilindi:
• “Turkiy davlatlar taşkilotining Vengriya vakolatxonasi ijroçi direktorini tayinlaş töğrisida”gi qaror;
• “Şimoliy Kipr Turk Respublikasiga Turk akademiyasida kuzatuvçi maqomini beriş” qarori.
Sammit doirasida taqdirlaş marosimi ham uyuştirildi va Nobel mukofoti sovrindori turk molekulyar biolog Professor Aziz Sanjarga Turkiy Davlatlar Taşkiloti tomonidan Turkiy dunyo birligiga qöşgan hissasi uçun “Alişer Navoiy xalqaro mukofoti” topşirildi.

