Toşkentda avtobuslar soat 23:00 gaça harakatlanişi mumkin
Toşkentda 20 ta avtobus yönalişida soat 21:00 dan 23:00 gaça qatnovni taşkil etiş imkoniyati körib çiqiladi. Masul idoralarga bu masalani 1 dekabrga qadar örganiş topşirildi. Bu haqda Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining tegişli qarorida malum qilingan.
Hujjatga köra, masul idoralar mavjud imkoniyatlar doirasida 20 ta avtobus yönalişida keçki qatnovni yölga qöyiş imkoniyatini körib çiqişi kerak.
Röyxatga temiryöl va avtovokzallar, aeroport, metro bekatlari hamda aholi ziç yaşaydigan mavzelarni boğlovçi 15 ta magistral va 5 ta boğlovçi yönaliş kiritilgan.
Ular quyidagilar:
№1. Qoraqamiş-2/4 mavzesi — “Mustaqillik maydoni” metro bekati;
№14. TTZ avtostantsiyasi — “Şimoliy vokzal”;
№18. Örikzor bozori — “Çorsu” savdo markazi;
№21. Qoraqamiş-2/4 mavzesi — “Çilonzor” metro bekati;
№24. Yangi Çoştepa mavzesi — “Toşkent vokzali”;
№28. Ibn Sino-2 mavzesi — “Çorsu” bozori;
№38. Örikzor bozori — Döstlik-2 mavzesi;
№44. Yaşnobod dehqon bozori — Yunusobodning 19-mavzesi;
№46. “Beruniy” metro bekati — Binokor qörğoni;
№51. Yunusobodning 6-mavzesi — “Çorsu” savdo markazi;
№58. Döstlik-2 mavzesi — Toşkent vokzali;
№67. Xalqaro aeroport — Yunusobodning 19-mavzesi;
№72. Jumabozor — “Amir Temur xiyoboni” metro bekati;
№85. Qoraqamiş-2/4 mavzesi — Toşkent vokzali;
№93. Qöyliq-1 mavzesi — Yunusobodning 13-mavzesi;
№98. Çilonzor buyum bozori — “Elektrokabel” zavodi;
№115. Döstlik-2 mavzesi — “Beruniy” metro bekati;
№118. Örikzor bozori — Toşkent vokzali;
№131. Döstlik-2 mavzesi — Qoraqamiş-2/4 mavzesi;
№147. Çinni bozori — “Çorsu” savdo markazi.
Qarorga muvofiq, keçki va tungi vaqtda avtobuslar harakati oraliği 15–20 daqiqadan oşmasligi kerak.
Şuningdek, qatnov jadvali barça bekatlar va raqamli ilovalarda elon qilinişi, uning bajarilişi esa dispetçerlik xizmati orqali nazorat qilinişi belgilangan.
Qarorda qayd etilişiça, Toşkentda soat 21:00 dan keyin jamoat transporti qatnovi keskin kamayadi yoki butunlay töxtaydi. Bu esa poytaxtda keçki va tungi iqtisodiy faollikka tösqinlik qilmoqda.