USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Google rahbariyati Özbekistonda Google Pay işga tuşirilganiga munosabat bildirdi

80 марта
Google раҳбарияти Ўзбекистонда Google Pay ишга туширилганига муносабат билдирди

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat organlari bilan aloqalar va davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy malumotlar bilan işlaş sohasida amalga oşirilgan islohotlar global texnologiyalarning mamlakat bozoriga kirişi uçun yangi imkoniyatlar oçganini bildirdi. Bu haqda u özining LinkedIn sahifasida yozib qoldirdi.

Doron Avnining bildirişiça, joriy yil boşida Özbekiston şaxsiy malumotlarni himoya qiliş sohasidagi yondaşuvini yangilagan. Malumotlarni qatiy lokalizatsiya qiliş örniga, moslaşuvçan va muvozanatli yondaşuv tanlangan. Uning fikriça, bu özgarişlarning amaliy natijasi ham köp kuttirmadi – Google Pay Özbekistonda işga tuşdi.

“Hukumatlar oldindan tuşunarli va global tizimlar bilan özaro işlay oladigan qoidalarni yaratsa, global texnologiyalar ham tez kirib keladi”, deb yozdi u.

Doron Avni öz postida Google Pay’ning Özbekistonda işga tuşirilişi AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning mamlakatga taşrifi va Samarqanddagi C5+1 vazirlar sammiti davomida elon qilinganiga ham urğu bergan. Uning takidlaşiça, bu Özbekiston va AQŞning raqamli modernizatsiyani jadallaştiriş borasidagi umumiy intilişini körsatadi.

“Özbekiston pragmatik siyosat orqali yangi imkoniyatlarga yöl oçiş mumkinligini amalda körsatmoqda”, deb yozdi Google vitse-prezidenti.

Malumot uçun, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva joriy yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkda Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uçraşib, texnologik hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qilgan edi. 

“Biz sönggi yillarda şaxsga doir malumotlarni qayta işlaş va raqamli tölovlar sohasidagi qonunçilikni takomillaştirdik. Buning natijasida Özbekistonda xalqaro tölov tizimlaridan erkin foydalaniş uçun keng yöl oçilmoqda”, degan edi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 27 oktyabr kuni Özbekistonda Google Pay hamda Apple Pay tizimi tölaqonli işga tuşgani elon qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: