USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Google öz suniy intellekti sabab 500 mlrd dollar yöqotdi

31 марта
Google ўз сунъий интеллекти сабаб 500 млрд доллар йўқотди

Google’ning suniy intellekt asosidagi qidiruv xizmati kompaniyaning reklama daromadiga tasir körsatmoqda. Şu sabab Google’ning boş kompaniyasi Alphabet’ning bozor qiymati bir kunda 500 milliard dollardan ziyod kamaydi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, Alphabet joriy yilning iyul–sentyabr oylarida 127,6 milliard dollar daromad olgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 25 foizga köp. Biroq kompaniyaning reklama yönalişidagi daromadi tahlilçilar kutganidan past bölgan.

Alphabet boş biznes direktori Filipp Şindlerning aytişiça, foydalanuvçilarga savollarga suhbat şaklida javob beradigan “AI Mode” funktsiyasi ananaviy qidiruv natijalari yonida joylaştiriladigan reklamalardan tuşadigan daromadni kamaytirmoqda.

Şunga qaramay, kompaniya suniy intellektga asoslangan qidiruv tizimini rivojlantiriş strategiyasidan mamnun. Google’ning sobiq reklama biznesi rahbari Kim Skottning takidlaşiça, kompaniya özining yangi texnologiyasi eski biznesiga zarar yetkazsa ham, uzoq muddatli istiqbolni közlab harakat qilmoqda.

Alphabet moliyaviy natijalari elon qilinganidan keyin kompaniya aktsiyalari 12 foizdan köproq arzonlaşib, sönggi olti oydagi eng past darajaga tuşgan. Natijada uning bozor qiymati 3,97 trillion dollardan 3,46 trillion dollargaça kamaygan.

Bu haftada Microsoft va Amazon ham moliyaviy hisobotlarini elon qildi. Har ikki kompaniya suniy intellekt sohasiga katta mablağ yönaltirişda davom etişini bildirgan.

Amazon aktsiyalari hisobotdan keyin qöşimça savdolarda 6 foizga tuşdi. Kompaniya çorak davomida 201 milliard dollar daromad olgan bölsa-da, pul oqimi 42 milliard dollar manfiy körsatkiçni qayd etgan. Boş direktor Endi Jassining aytişiça, kompaniya suniy intellekt, bulutli xizmatlar va öz çiplarini işlab çiqariş kabi yönalişlarda katta imkoniyatlarni körmoqda.

Microsoft aktsiyalari esa bir foizdan kamroq pasaydi. Kompaniyaning çoraklik daromadi 19 foizga oşib, 92,3 milliard dollarga yetgan. Uning bulutli xizmatlar yönalişidagi daromadi 30 foizga ösib, 63 milliard dollarni taşkil qilgan.

Microsoft rahbari Satya Nadellaning malum qilişiça, Copilot’dan foydalaniş hajmi ortib, kundalik foydalanuvçilar soni bir yil içida 500 foizga köpaygan.

“Forrester” tahlilçisi Treysi Vuning fikriça, texnologiya kompaniyalari oldida suniy intellektga kiritilayotgan ulkan sarmoyalar kelajakda qançalik daromad keltirişi haqidagi savol turibdi. Investorlar endilikda nafaqat kompaniyalarning bugungi moliyaviy natijalariga, balki uşbu investitsiyalarning uzoq muddatli samarasiga ham etibor qaratmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Google şaxsiy akkaunt foydalanuvçilari uçun Gemini modellaridan foydalaniş şartlarini özgartirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: