USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblarini taqdirladi

21 марта
Саида Мирзиёева “Заковат-Гамбит” турнири ғолибларини тақдирлади

Keça, 30 oktyabr kuni beşinçi bor ötkazilgan “Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilişiça, bu yilgi musobaqa 6 mingga yaqin iştirokçini birlaştirgan, bu ötgan yilgi körsatkiçdan ikki barobar köp. Ularning 633 nafarini ayol va qizlar taşkil etgan. Bu raqamlar zamirida intellektual bellaşuvlarga bölgan qiziqişning ortib borayotgani, ilmga intiliş hamda yoşlarimizning öz kuçi va imkoniyatlariga bölgan işonçi mujassam.

“Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat istedod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiqariş uçun yaratiladigan imkoniyatlar kölami bilan ham belgilanadi”, deya yozgan Prezident Administratsiyasi rahbari.

Özbekiston xalqaro şaxmat musobaqalarida yuqori natijalarga erişmoqda. Şu bilan birga, mamlakatda yoşlarning şaxmatga qiziqişini oşiriş, istedodini namoyon etişi va intellektual salohiyatini rivojlantirişi uçun imkoniyatlar kengaymoqda.

 

“Zakovat” loyihasining alohida ahamiyatini men aynan şunda köraman. Bu loyiha iqtidorli yoşlarni kaşf etibgina qolmay, balki tafakkur madaniyatini, mustaqil fikrlaş va oqilona qarorlar qabul qiliş könikmasini şakllantirişga ham xizmat qilmoqda. Zero, yurtimiz kelajagi yoş avlodning nafaqat qançalik bilimli ekaniga, balki şu bilimlarni qay darajada qöllay olişi va fikr doirasiga ham boğliq”, degan Saida Mirziyoyeva.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: