Buxoroda xavfsizlik talablarini qöpol ravişda buzgan yoqilği ombori yopildi
Buxoro şahrida joylaşgan yoqilği-moylaş mahsulotlarini saqlaş ombori yonğin xavfsizligi talablari qöpol ravişda buzilganligi va bu oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligi tufayli yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu obektda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikromov tomonidan tekşiriş ötkazilgan. Tekşiriş jarayonida bir qator yonğin xavfsizligi talablari buzilganligi aniqlangan. Jumladan, uşbu rezervuarlar himoya devori bilan taminlanmagan, quvurlardan yonilği moy mahsulotlari sizib çiqib turgan, elektr kabellari izolyatsiya qismlari oçiq holda foydalangan. Bundan taşqari, elektr sim va kabellari elektr uskunalarini ötkaziş qoidalariga zid ravişda, yani loyihadan çiqqan holda ötkazilgan.
Şuningdek, maskanda rezervuarlar orasidagi oraliq masofalar loyihadan çiqiş holatlari kuzatilgan. Bundan taşqari, nasos, söriş nasoslari qölbola usulda işlatilgan. Bildirilişiça, hududda 10 ta siğimda ham yoqilği mahsulotlari mavjud, ammo siğimlarning nafas oliş klapanlari mavjud emas.
“Bu ob-havoning özgarişi, turli xil reglament talablarining buzilişi oqibatida yonğin va favqulodda holatlarga olib kelişi mumkin. Tekşiriş davomida yonğin xavfsizligi talablari qöpol ravişda buzilganligi va bu oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligi inobatga olinib, maskan faoliyati vaqtinçalik töxtatildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, aniqlangan kamçiliklar masullar tomonidan bartaraf qilingandan söng maskan faoliyati qayta tiklanadi.