USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Buxorodagi neft bazasida katta yonğin çiqdi. Jarohatlanganlar bor

105 марта
Бухородаги нефть базасида катта ёнғин чиқди. Жароҳатланганлар бор

Bugun, 15 sentyabr kuni Buxoro viloyatida neft saqlaş omboridagi siğimlardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylaşgan neft saqlaş omboridagi siğim (rezervuar) lardan birida yonğin sodir bölayotganligi töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.

Unga asosan tezkorlik bilan yonğin-qutqaruv bölinmalari hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 11:18 da bartaraf etilgan. Yonğinni bartaraf etişga 14 ta qutqaruv bölinmasi jalb etilgan.

Dastlabki malumotlarga köra, ombordagi 1 dona yoqilği siğimi (rezervuar) yonib zararlangan. Yonğin oqibatida 3 nafar fuqaro turli darajadagi kuyiş tan jarohatlari olib, Qoraköl tumani tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Şuningdek, “Özbekneftgaz” matbuot kotibining malum qilişiça, uşbu rezervuarlar zavod hududidan taşqarida joylaşgan bölib, işlab çiqariş quvvatlariga tasir etmaydi.

Bildirilişiça, hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB hamda SSB rahbariyati va hamkor xizmat xodimlar çiqqan.

Eslatib ötamiz, keça, 14 sentyabr kuni Qarşi davlat texnika universiteti boş binosining tom qismida yonğin sodir bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: