Andijonda ham xonadonlardan birida yonğin çiqdi
Bugun, 16 iyul kuni Andijondagi xonadonlardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 14:29 da Andijon viloyati, Andijon şahri, “Mirpöstin” MFYda joylaşgan aholi yaşaş xonadonida yonğin sodir bölganligi töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 14:38 da hodisa joyiga yetib borgan va yonğin soat 14:45 da öçirilgan. Hodisa oqibatida xonadonning 15 kvadrat metr maydonda naves qismi yonib zararlangan. Yonğindan aholi yaşaş xonadonining 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin kelib çiqiş sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, bugun, 16 iyul kuni Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida joylaşgan xonadonlardan birida yonğin sodir bölgan edi.