Toşkentdagi uylardan biriga öt ketdi
Bugun, 16 iyul kuni Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida joylaşgan xonadonlardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 10:05 da Toşkent şahri Şayxontohur tumani, Sadriddin Ayniy köçasida joylaşgan şaxsiy xonadon yonayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 10:10 da yetib borib, yonğin soat 10:23 da qurşab olingan va soat 10:28 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Kogon şahrida sodir bölgan yonğin oqibatida 3 nafar fuqaro qutqarilib, yana 7 kişi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan edi.