Toşkentdagi uylardan biriga öt ketdi
Keça, 13 iyul kuni Toşkent tumanidagi uylardan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, soat 19:41 da Toşkent viloyati FVBBga Toşkent tumani Quyi Kökterak köçasida joylaşgan uylardan biri yonayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv bölinmalari voqea joyiga yetib borgan va yonğin soat 20:42 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Hozirda yonğin sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri Sergeli tumanidagi köp qavatli uylardan birida yonğin çiqqan edi.