Özbekiston va yana tört davlat özaro QR-tölovlarni yölga qöymoqçi
Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Ozarbayjon Markaziy banklari 2026 yil oxirigaça milliy QR-tölov tizimlarini integratsiya qiliş mexanizmlarini işlab çiqişga kelişib oldi. Bu haqda Qozoğiston Milliy banki xabar berdi.
Qayd etilişiça, kelişuv joriy yilning 22–23 oktyabr kunlari Duşanbe şahrida bölib ötgan markaziy banklar vakillarining IV mintaqaviy uçraşuvida erişilgan. Unda Qozoğiston taklif qilgan tölov infratuzilmalarini birlaştiriş yondaşuvi qöllab-quvvatlangan.
Tizim işga tuşirilsa, beş davlat fuqarolari xorijga safar qilganida öz bankining mobil ilovasi orqali QR-kod yordamida tovar va xizmatlar uçun tölovni amalga oşirişi mumkin böladi. Şuningdek, real vaqt rejimida davlatlar örtasida pul ötkazmalari ham yölga qöyilişi közda tutilgan.
Qirğiziston Milliy banki malumotiga köra, tomonlar qöşma bayonnoma imzolagan va markaziy banklar hamda milliy tölov tizimlari operatorlari vakillaridan iborat işçi guruh tuzişga kelişgan. U integratsiyaning texnik va huquqiy şartlarini belgilaydi, tölov malumotlarini almaşiş formatlari hamda xavfsizlik talablarini kelişadi. Şuningdek, tizimni bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça yöl xaritasini tayyorlaydi.
Uçraşuvda Qozoğiston telefon raqami orqali pul ötkaziş va QR-kod yordamida tölov qiliş imkonini beruvçi banklararo mobil tölov tizimi tajribasini ham taqdim etgan.
Tomonlar tölov infratuzilmasini kiberhujumlardan himoya qiliş, moliyaviy firibgarlikka qarşi kuraşiş, suniy intellektdan foydalaniş va raqamli aktivlarni tartibga soliş masalalarini ham muhokama qilgan.
Transçegaraviy QR-tölovlar qaçon işga tuşirilişi hozirça malum emas. 2026 yil oxirigaça milliy tizimlar örtasidagi hamkorlik mexanizmlarini işlab çiqiş rejalaştirilgan.