USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Talim dasturlarini akkreditatsiyadan ötkazişda 75 foizlik çegirma beriladi

70 марта
Таълим дастурларини аккредитациядан ўтказишда 75 фоизлик чегирма берилади

Endi talim taşkilotining murojaati asosida davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun bazaviy yiğim miqdori 4 barobar kamaytirilişi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi joriy yilning 31 oktyabr kuni röyxatdan ötkazgan Talim taşkilotlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun yiğimlar miqdori va ularni hisoblaş tartibi töğrisidagi nizomga qöşimça kiritiş haqidagi 3739-1-sonli hujjatda belgilandi. 

Qarorga köra, talim taşkilotining murojaati asosida davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun bazaviy yiğim miqdori 4 barobar kamaytirilişi mumkin. Bunda bazaviy yiğimning 25 foizi undiriladi.

Mazkur imkoniyat quyidagi holatlardan biri mavjud bölganda qöllaniladi:

1. Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari yoki Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilangan topşiriqlar ijrosini taminlaş uçun tegişli talim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş zarurati yuzaga kelganda;

2. Talim taşkilotidagi amaldagi talim dasturlarining kamida 50 foizi Özbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya taşkilotlari reyestriga kiritilgan taşkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan va mazkur natijalardan foydalaniş baholaş işlari hajmini qisqartiriş imkonini berganda;

3. Maxsus davlat akkreditatsiyasini masofaviy şaklda ötkaziş imkoniyati mavjud bölganda;

4. Bir vaqtning özida 10 ta va undan ortiq talim dasturini maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş uçun murojaat qilinganda;

5. Turdoş talim dasturlarini akkreditatsiyadan ötkazişda umumiy moddiy-texnika bazasi, kadrlar yoki boşqa infratuzilmani takroran baholaş talab etilmasligi natijasida akkreditatsiya işlari hajmi qisqarganda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: