USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça qanday çoralar körilmoqda?

36 марта
Ис газидан заҳарланишнинг олдини олиш бўйича қандай чоралар кўрилмоқда?

Sönggi kunlarda is gazidan zaharlaniş oqibatida insonlar halok bölişi bilan boğliq holatlar yana kun mavzusiga aylandi. Xususan, Toşkent va Farğonada is gazidan 18 kişi zaharlanib, vafot etdi. Mazkur fojialarda isitiş qozonlari hamda gaz taminoti tarmoğiga notöğri ulaniş bilan boğliq kamçiliklar aniqlangan. Xöş, xususiy uylarning yertöla qismiga gazda işlaydigan isitiş qozonlarini örnatişga ruxsat beriladimi? Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspektsiyasi boşliği Ahadxon Isoqjonov QALAMPIR.UZ muxbiri savoliga javoban malum qildi.

Uning bildirişiça, gaz qozonlarini qayerga örnatiş mumkinligi loyiha hujjatlari, şaharsozlik normalari va gaz xöjaligini loyihalaştiriş qoidalari asosida belgilanadi. Gaz taminoti korxonasi texnik şart beradi, loyiha taşkiloti esa uskunaning joylaşuvi va uni işlatiş uçun zarur havo hajmini belgilaydi.

Qayd etilişiça, agar maişiy istemolçi gaz uskunasidan loyiha hujjatlarida körsatilmagan tartibda foydalansa, u darhol gaz tarmoğidan uziladi va tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatiladi. Inspektsiya vakili bunday holat noqonuniy foydalaniş hisoblanişini takidladi.

“Inspektsiya rahbari sifatida özim ham Jizzax viloyatiga biriktirilganman. Hozirda Şarof Raşidov va Paxtakor tumanlari hokimlari bilan birgalikda, mahallalardagi yettiliklar hamda taminotçi korxonalar iştirokida profilaktika işlarini taşkil etyapmiz.

Gaz qozonlari yoki plitalarini podvalga örnatiş mumkinligi loyiha hujjatlari, şaharsozlik normalari va gaz xöjaligini loyihalaştiriş qoidalarida belgilangan. Taminotçi korxona texnik şart beradi, loyiha taşkiloti esa gaz uskunalarini qayerga joylaştiriş va ularning xavfsiz işlaşi uçun qança havo hajmi zarurligini loyihada körsatadi.

Agar maişiy istemolçi gaz uskunasidan tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan çetga çiqqan holda foydalansa, u zudlik bilan tarmoqdan uziladi va tabiiy gaz yetkazib beriş töxtatiladi. Bu, sodda qilib aytganda, noqonuniy foydalaniş hisoblanadi”, deydi Ahadxon Isoqjonov.

Inspektsiya boşliğining takidlaşiça, Prezident topşiriğiga asosan, noyabr oyi energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi deb elon qilingan. Hozirda respublika böylab aholi xonadonlari va boşqa obektlardagi gaz uskunalari hamda dudburonlarni tekşiriş, ularni profilaktik körikdan ötkaziş işlari olib borilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: