Is gazidan zaharlangan erkak va uning ikki nabirasi vafot etdi
15-12-2025, 19:47
1 125 марта
Qoraqalpoğistonda is gazidan zaharlangan erkak va uning ikki nabirasi vafot etdiFojia erkak isitiş peçini özboşimçalik bilan qayta işlab, mörisiz gaz tarmoğiga ulaganidan keyin sodir bölgan.
Joriy yilning 13 dekabr kuni Xöjayli tumani "Samanköl" mahallasidagi xonadonlardan birida uç kişi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Boş prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanişiça, fuqaro A.J. uy-joyni isitiş maqsadida qölbola usulda yasalgan isitiş peçini qayta yasagan: mörisini kesib, peçni boşqa xonaga köçirgan va noqonuniy ravişda mörisiz gaz tarmoğiga ulagan.
Oqibatda fuqaro A.J. hamda uning nabiralari 14 yoşli A.S. va 10 yoşli A.K.lar voqea joyida huşidan ketib, vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xöjayli tumani hokimligi tomonidan marhumlarning oila azolariga ijtimoiy yordam körsatilmoqda.