IIO xodimi öz xizmat uyida vafot etdi. Ölimga is gazi sabab bölgan bölişi mumkin
20-11-2025, 19:31
1 694 марта
Andijonda IIO xodimi öz xizmat uyida vafot etdi. Ölimga is gazi sabab bölgan bölişi mumkinAndijon viloyatida IIO xodimi va farzandlari xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etgan bölişi mumkin. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
Xodim O.Y. 18 noyabr kuni öz xizmat uyida vafot etgan, voyaga yetmagan 2 nafar farzandi ham birga bölgan. Uning 7 yoşli qiz farzandi öşa kuni hayotdan köz yumgan, 3 yoşli qizi esa hozirda jonlantiriş bölimida oğir ahvolda ekani aytilmoqda. Dastlabki xulosaga köra, zaharlanişga is gazi sabab bölgan bölişi mumkin.
FVV axborot xizmatining “Daryo”ga malum qilişiça, haqiqatan ham nomalum etiologik zaharlaniş kuzatilgan. Hozirda dastlabki örganiş va aniqlaştiriş işlari olib borilmoqda.