USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urgançda yana bir harakat muammosi: Pahlavon Mahmud 2-çi yölagiga svetofor zarur!

473 марта
Urgançda yana bir harakat muammosi: Pahlavon Mahmud 2-çi yölagiga svetofor zarur!

Urganç şahrida aholi ehtiyojlari va yöl harakati xavfsizligiga oid muammolar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Şahar markazida joylaşgan dehqon bozori yonidagi Pahlavon Mahmud köçasining 2-çi yölagi şunday nuqtalardan biriga aylangan. Bu yölak orqali harakatlanayotgan transport vositalari tez-tez katta tirbandlikka duç kelmoqda.

Bu yölak töğridan-töğri şaharning asosiy yönalişlaridan biriga tutaşgan. Yölakdan çiqiş jarayonida haydovçilar boş yöldan harakatlanayotgan avtomobillarni ötkazib yuborişi kerak. Bu esa:

  • Qator-kator maşinalarning yiğilişiga,
  • Haydovçilar örtasida tortişuvlarga,
  • Kunning şovqinli paytlarida (ayniqsa bozor vaqtida) tirbandlikning kuçayişiga olib kelmoqda.
Ayrim hollarda piyodalar ham öz yölini kesib ötişda xavf ostida qolmoqda. Mahalliy aholi va haydovçilar bu yölda yöl harakati tartibini taminlaş uçun çora körilişini talab qilmoqda.


Yeçim bormi?

Mutasaddilar bu nuqtada quyidagi çoralarni körib çiqişi zarur:

  1. Svetofor örnatiş: Bu hal etuvçi va doimiy yeçim hisoblanadi. Svetofor yölda harakatni avtomatik tarzda tartibga soladi.
  2. Bir tomonlama yöl etib belgilaş: Agar harakat oqimi bunga mos bölsa, bu usul orqali tirbandlik kamayişi mumkin.
  3. Patrul xizmatini joriy qiliş: Qaysi vaqtda tiqilinç kuçayişi kuzatilsa, şunga mos ravişda vaqtinça yöl nazorati joriy etilişi mumkin.
“Bu yöldan har kuni foydalanaman. Ertalab va keçqurunda maşinalardan çiqib bölmaydi. Har safar 5-10 daqiqa kutib qolamiz. Har gal birov yoş bola bilan yölga çiqsa, öziga ham, haydovçiga ham xavf. Bu yölga svetofor şart,” — deydi mahalliy haydovçi Ş.R.

Şahar infratuzilmasida kiçik yöllar ham katta ahamiyatga ega. Urganç şahrida şunday çekka köçalardagi harakatni tartibga solmaslik nafaqat tirbandlikka, balki jiddiy yöl-transport hodisalariga ham sababçi bölişi mumkin.

Mutasaddi taşkilotlar — şahar hokimligi, IIB YHXB va “Yöl harakati xavfsizligi” xizmatlari mazkur joyda vaziyatni örganib çiqişi va aniq qaror qabul qilişi lozim. Bu qaror qança tez qabul qilinsa, şunça köp odamning kundalik hayoti yengillaşadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: