USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Radikal ğoyalar tarğibotida global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib boryapti – Bahodir Qurbonov

50 марта
Радикал ғоялар тарғиботида глобал тармоқдан фойдаланиш кўлами ортиб боряпти – Баҳодир Қурбонов

2026 yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025 yilgi körsatkiçga nisbatan 14 foiz köp. Bunday tendentsiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi. Bu haqda bugun, 6 noyabr kuni DXX raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqotining oçilişidagi nutqida malum qildi.

Bugun, 6 noyabr kuni Samarqandda Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlik muloqoti bölib ötmoqda. Tadbirni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov kiriş sözi bilan oçib berib, iştirokçilar etiborini terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz mafkurasini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş, teraktlarni moliyalaştiriş, ularga tayyorgarlik köriş hamda amalga oşirişda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganiga qaratgan.

“Birgina 2026 yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025 yilgi körsatkiçga (43 mingga yaqin) nisbatan 14 foiz köpdir. Bunday tendentsiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi”, deydi xizmat raisi.

DXX rahbari 2021–2026 yillarga möljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiyani amalga oşiriş doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini takidlagan. Özbekiston tomonidan olib borilayotgan işlarning natijalari xalqaro reytinglarda ham öz ifodasini topmoqda. Jumladan, 2026 yilgi Global terrorizm indeksida Özbekiston 96-örinni egallagani (minimal xavf toifasi) uşbu illatga qarşi kuraşişda milliy yondaşuvning samaradorligini namoyon etgan.

DXX rahbari öz nutqida raqamli transformatsiya davrida xavfsizlikni taminlaş böyiça ustuvor yönalişlariga töxtalgan. Ular qatoridan raqamli muhitda terrorçilar faoliyatining yangi şakl va usullarini aniqlaş, şuningdek, suniy intellektdan terrorçilik maqsadlarida foydalanişning oldini oliş örin olgan.

Maruza yakunida uşbu muloqotni ötkaziş ğoyat dolzarb va zarur ekani qayd etilgan. Tadbir doirasida iştirokçilar xavfsizlikka joriy tahdid va xavf-xatarlar muhokama qiladi hamda xalqaro va mintaqaviy darajada hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan yagona çora-tadbirlarni işlab çiqadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: