USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

DXX raisi narkojinoyatlar sonini yaşirmadi: 2 baravarga ortgan

277 марта

DXX raisi narkojinoyatlar sonini yaşirmadi: 2 baravarga ortgan

2025 yilda Özbekistonda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan 3,6 tonna giyohvand moddalar aniqlanib, savdosiga çek qöyilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov joriy yilning 13 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan Xavfsizlik kengaşining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlaş masalalari böyiça kengaytirilgan yiğilişida malum qilgan.

Unga köra, 2024 yil va 2025 yil oraliğidagi raqamlar mamlakatda giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlar ikki baravar ortganini körsatadi. 

2024 yilda 1 700 kg giyohvandlik vositasi aniqlanib, noqonuniy muomaladan olingan bölsa, 2025 yilda bu körsatkiç 3 tonnu 600 kgni taşkil etgan, yani ikki baravarga oşgan. Qölga olingan jinoyatçilar soni esa 2600 dan 4500 nafarga yetgan. Faoliyatiga çek qöyilgan yaşirin narkolaboratoriyalar 8 tadan 15 taga ortgan.  
Qurbonov sözida davom etarkan, yoşlar orasida sintetik giyohvand vositalarini istemol qiliş bilan boğliq raqamlarni ham yaşirmadi. Uning aytişiça, 2025 yildan 180 kgdan ziyod sentetik vositalar va 1 million donadan ortiq psixotrop moddalar qölga olingan. 

“Sintetik vositalar voyaga yetmaganlar, ayniqsa, 14-25 yoşdagi orasida ommalaşmoqda. Xavotirlisi, organizmda unga nisbatan karamlik istemoldan söng qisqa muddatga vujudga keladi”, deydi DXX raisi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: