USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondagi aeroportlarni qöriqlaş DXXning “Loçin”iga ötyapti

449 марта

Özbekistondagi aeroportlarni qöriqlaş DXXning “Loçin”iga ötyapti

2026 yildan boşlab Özbekistondagi barça aeroportlarni qöriqlaş va xavfsizligini taminlaş Davlat xavfsizlik xizmatiga ötadi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov joriy yilning 13 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan Xavfsizlik kengaşining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlaş masalalari böyiça kengaytirilgan yiğilişida malum qilgan.

Uning qayd etişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yilda qabul qilingan qaror bilan xalqaro aeroportlarni qöriqlaş vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklanişi natijasida “Loçin” brigadasi qaytadan taşkil etilgan.

“Qisqa vaqt davomida uşbu brigada tizimida keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Uning jangovar şayligi va tayyorgarligi tubdan qayta körib çiqildi. Jumladan, bragadaning qurol-aslahalari töliq yangilandi. 100 ga yaqin texnikalar almaştirildi. Jangovar xizmat faoliyatini boşqariş va nazorat qiliş töliq raqamlaştirildi. Bir vaqtning özida 700 nafar harbiy xizmatçi bilan maşğulotlar olib boriş imkonini beruvçi jangovar tayyorgarlik öquv xonalari va majmualari barpo etildi. Hududlarda brigadaning 5 ta mamuriy obekti yangidan barpo etildi”, deydi general. 
Qurbonovga köra, “Toşkent” va “Toşkent Humo” aeroportlarini qöriqlaş böyiça nazorat-patrul guruhlari asosida yangi tizim joriy etilgan. 2026 yilda uşbu samarali amaliyot respublikaning barça aeroportlarida qöllanilişi rejalaştirilmoqda. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: