Qöriqlaş xizmatiga yoşlar uçun tanlov: imkoniyatingizni sinab köring!
4-07-2025, 11:43
902 марта
Qöriqlaş xizmatiga yoşlar uçun tanlov: imkoniyatingizni sinab köring!Hurmatli yoşlar! Agar siz Vatan xavfsizligi va jamoat tartibini taminlaş yölida xizmat qilişni xohlasangiz, bu imkoniyatni qöldan boy bermang!
Joriy yilning 8, 9 va 10 iyul kunlari Xorazm viloyati Qöriqlaş boşqarmasida idoraviy jihatdan tegişli bölmagan harbiylaştirilgan qöriqlaş bölinmalaridagi böş lavozimlar uçun tanlov ötkaziladi. Tanlovning asosiy maqsadi — qöriqlaş xizmati uçun munosib nomzodlarni saralab oliş.
Tanlov qanday ötadi?
Tanlov quyidagi bosqiçlardan iborat:
- Hujjatlarni tekşiriş va röyxatdan ötkaziş — nomzodlarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar tekşiriladi.
- Tibbiy körik — nomzodlar 086 şakldagi tibbiy malumotnomani taqdim etişi va buy körsatkiçlari qayd etiladi.
- Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş — nomzodlar jismoniy holatini amaliy maşqlar orqali namoyon etadi.
- Suhbat — har bir nomzod bilan yakka tartibda suhbat ötkaziladi.
Talablar qanday?
- Yoş: 18 yoşdan 25 yoşgaça bölgan, Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi şart.
- Erkak nomzodlar uçun buy: 178 sm dan kam bölmasligi lozim.
- Nomzodlar fuqarolik pasporti, harbiy guvohnoma, diplom yoki örta maktab attestati hamda hududiy poliklinikadan berilgan 086 şakldagi tibbiy malumotnoma olib kelişi zarur.
Tanlov ötkaziladigan manzil:
Urganç tumani, Yuqoriboğ qişloği, Xorazm viloyati Qöriqlaş boşqarmasi mamuriy binosi.
Hujjatlar qabul qiliş vaqti:
09:00 dan 13:00 gaça.
Qöşimça malumot uçun:
(62) 226-04-81
Imkoniyatni qöldan boy bermang — xavfsizlik xizmatida xizmat qiling, yurt tinçligiga hissa qöşing!