USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yonğin qurbonlari uçun aybdorlardan 1,3 mlrd sömgaça tovon puli undiriladi

70 марта
Ёнғин қурбонлари учун айбдорлардан 1,3 млрд сўмгача товон пули ундирилади

Özbekistonda yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş oqibatida inson hayoti va soğliğiga zarar yetkazilgan taqdirda, aybdorlardan 1,3 milliard sömgaça tovon puli undirilişi belgilandi. Bu haqda joriy yilning 2 noyabr kuni qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunda nazarda tutilgan. 

Yangi tartibga muvofiq, yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş natijasida kelib çiqqan yonğin tufayli inson hayoti va soğliğiga zarar yetkazilsa, sud aybdor şaxs zimmasiga yetkazilgan zararni qoplaşdan taşqari alohida tovon puli tölaş majburiyatini ham yuklaşi mumkin.

Şuningdek, qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga, “Yonğin xavfsizligi töğrisida”gi hamda “Suğurta faoliyati töğrisida”gi qonunlarga qöşimça va özgartirişlar kiritilgan.

Tovon pulining eng yuqori miqdori jabrlanuvçining holatiga qarab quyidagiça belgilangan:

  • jabrlanuvçi vafot etgan taqdirda – BHMning 3000 baravarigaça (1 milliard 320 million sömgaça);
  • jabrlanuvçi I guruh nogironi bölib qolgan taqdirda – BHMning 1500 baravarigaça (660 million sömgaça);
  • jabrlanuvçining soğliğiga boşqaça tarzda şikast yetkazilganda – BHMning 600 baravarigaça (264 million sömgaça).

Şu bilan birga, yonğin oqibatida inson hayoti va soğliğiga yetkazilgan zararning örni davlat foydasiga undiriladigan moliyaviy sanktsiyalar va jarimalardan oldin, birinçi navbatda qoplanadi.

Qonunga muvofiq, bozorlar, savdo komplekslari hamda savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlari yonğin sodir bölişi oqibatida uçinçi şaxslarning hayoti va soğliğiga zarar yetkazilganlik uçun öz fuqarolik javobgarligini suğurtalaşi, uşbu obektlarni yonğindan majburiy suğurta qilişi şart.

Mazkur majburiyatni bajarmagan mansabdor şaxslarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigaça, yani 22 million sömdan 33 million sömgaça jarima solinadi. Agar huquqbuzarlik bir yil içida takroran sodir etilsa, jarima miqdori BHMning 100 baravarigaça, yani 44 million sömgaça yetadi.

Qonunga köra, şaharsozlik faoliyatida ruxsat beriş tartiblariga qonunga xilof ravişda aralaşiş, yani obektlarni loyihalaştiriş, quriş yoki foydalanişga qabul qiliş jarayonida vakolatli organlar va xulosa beruvçi şaxslarga mansab vakolatini suiistemol qilgan holda bosim ötkaziş uçun mamuriy va jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Bunday holatlar uçun dastlab Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 99-1-moddasiga muvofiq, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça jarima yoki 15 sutkagaça mamuriy qamoq jazosi qöllaniladi.

Agar huquqbuzarlik mamuriy jazo qöllanilganidan keyin takroran sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 229-7-moddasiga muvofiq, 2 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan.

Unga köra, mustaqil akkreditatsiyadan ötgan taşkilotlar tomonidan obektlarda yonğin auditi ötkaziladi. Audit natijasida ijobiy xulosa olingan obektlarda davlat yonğin nazorati organlari tomonidan bir yil davomida rejali tekşiruvlar ötkazilmaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş mexanizmi belgilangan edi. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: