USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston OQXJga raisligida 3,3 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oşirmoqçi

70 марта
Ўзбекистон ОҚХЖга раислигида 3,3 млрд долларлик лойиҳаларни амалга оширмоқчи

Özbekiston 2027-2029 yillarda Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi va şu davrda qiymati 3,3 milliard dollarni taşkil etuvçi 133 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştrililgan. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida amalga oşiriş rejalaştirilgan loyihalar taqdimotida söz boradi.

Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi (OQXJ) 1993 yilda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan taşkil etilgan. Ötgan yillarda mintaqa davlatlari örtasida yölga qöyilgan özaro samarali hamkorlik hamda qator xalqaro taşkilotlarning kömagi tufayli jamğarma Orol dengizi havzasi suv resurslarini kelişilgan holda boşqarişni taminlaşga erişgan.

Markaziy Osiyoda suv taqçilligining kuçayişiga olib kelayotgan iqlim özgarişlari va suv istemoli köpayib borayotgan bugungi şaroitda jamğarmaning roli va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Özbekiston 2027-2029 yillarda Orolni qutqariş Xalqaro jamğarmasiga raislik qiladi.

Taqdimotda uşbu davr mobaynida amalga oşiriş rejalaştirilgan loyihalar va etibor markazida böladigan masalalar körib çiqilgan.

Suv resurslari, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy yönalişlarni qamrab olgan 133 ta loyiha işlab çiqilgani takidlangan. Xususan, uşbu loyihalar doirasida suv xöjaligi inşootlarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qiliş, suv resurslarini taqsimlaş, hisobga oliş hamda monitoring qilişning avtomatlaştirilgan tizimlarini joriy etiş, gidrometeorologik malumotlar monitoringi, toşqinlar va qurğoqçilik böyiça prognozlaş hamda erta ogohlantirişning mintaqaviy raqamli platformasini yaratiş, aholini içimlik suvi va sanitariya xizmatlari bilan taminlanganlik darajasini oşiriş kabi köplab çora-tadbirlar ilgari suriladi.

Mazkur loyihalarning qiymati 3,3 milliard dollarni taşkil etadi. Ular Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Yaşil iqlim jamğarmasi, Global ekologik jamğarma hamda boşqa xalqaro taşkilotlar kömagida moliyalaştiriladi.

Prezident uşbu loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş muhimligini takidlab, kelgusi yilda bajariladigan işlarga doir oylar kesimida “yöl xaritasi”ni tasdiqlaş va ijrosini taşkil etişni topşirgan. Loyihalarni hayotga tatbiq etişga xalqaro ekspertlar, professor-olimlar va xorijdagi vatandoşlarimizni ham jalb etiş lozimligi körsatib ötilgan.

Taqdimotda Özbekistonning OQXJga raisligi davridagi ustuvor masalalar ham muhokama qilingan. Jamğarma tuzilmasi va şartnomaviy-huquqiy bazasini takomillaştirişni davom ettiriş, uning organlari vakolatlarini aniq taqsimlaşni taminlaş, Afğoniston bilan konstruktiv hamkorlikni mustahkamlaşga alohida ahamiyat beriladi. Jamğarma kun tartibini Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari qarorlari bilan uyğunlaştiriş va boşqa köplab masalalar etibor markazida böladi.

Şuningdek, jamğarma faoliyatini ilmiy-tahliliy qöllab-quvvatlaş masalasi ham körib çiqilgan. Bunda “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti uning taşabbuslarini amalga oşirişda ilmiy-tahliliy platforma böladi.

Şu maqsadda universitet faoliyati transformatsiya qilinadi. Talim va tadqiqot jarayoniga suniy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş işlari jadallaşadi, ekologik tiklaniş va suv tejamkorligi böyiça tadqiqotlar kengaytiriladi, zamon talablaridan kelib çiqib ilğor kadrlarni tayyorlaşga yondaşuv kuçaytiriladi.

Xususan, Amudaryo va Sirdaryo havzalari böyiça malumotlarning yagona bazasi yaratiladi, çöllanişga qarşi mintaqa olimlari bilan qöşma loyihalar işlab çiqilib, investitsiya va grant mablağlari jalb qilinadi, Markaziy Osiyo va Afğoniston uçun suv xöjaligi böyiça bakalavriat va magistratura dasturlari işga tuşiriladi.

Davlat rahbari mutasaddilarga Özbekistonning Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davrida rejalaştirilgan çora-tadbirlarni öz vaqtida, sifatli va töliq amalga oşiriş, bunda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan qöşni davlatlar bilan aloqalarni yanada faollaştiriş, viloyat hokimlarining iştirokini taminlaş, qöşma talim va tadqiqotlar orqali mintaqada suv diplomatiyasini yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan qator topşiriqlar bergan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: